10:48 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
248 0 0

Qaror tasdiqlanishi bilan Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari YEI mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin boʻlgan tovar pozitsiyalarining soni 6200 gacha oshadi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Yevropa komissiyasi Oʻzbekistonga “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini berish toʻgʻrisida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Tegishli hujjat YEI Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen tomonidan imzolandi.

Taʼkidlanishicha, qaror Yevropa komissiyasi monitoring guruhlarining Oʻzbekiston inson huquqlarini himoya qilish, mehnat standartlariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasidagi 27 xalqaro konventsiya talablarini bajarayotgani toʻgʻrisidagi hisobotlari asosida qabul qilindi.

“Oʻtkazilgan tahlillarga asoslanib, Yevropa komissiyasi Respublikamiz “GSP+”da ishtirok etish mezonlariga muvofiq kelishi toʻgʻrisidagi xulosaga keldi va uni ushbu tizimning benefitsiarlari roʻyxatiga kiritishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur qaror endi koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Yevropa Kengashi va Yevropa parlamentiga havola etiladi. Qaror tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari oʻz mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashlari mumkin boʻladi. Shunda, Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari YEI mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin boʻlgan tovar pozitsiyalarining soni 6200 gacha oshadi.

Vazirlik mamlakatning “GSP+” benefitsiari maqomini olish eksportning barqaror oʻsishi va diversifikatsiyasi uchun mustahkam poydevor yaratishi, YEV  mamlakatlari bilan oʻzaro manfaatli savdo munosabatlarining tez surʼatlar bilan rivojlanishiga xizmat qilishini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bozorlari uchun “GSP+” maqomini olish vazifasini qoʻygan edi. Oʻzbekiston iyun oyida benefitsiar mamlakat maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yuborgan edi.

Teglar:
eksport, Yevropa Ittifoqi, Yevrokomissiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular