10:10 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
178 0 0

“Quvasoytsement” AJ va “Ohangarontsement” AJ gaz bosimining pasayishi sabab tsement ishlab chiqarishni toʻxtatdi. Ular mahsuloti oʻtgan haftada fond birja roʻyxatiga olinmadi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. “Quvasoytsement” va “Ohangarontsement” kompaniyalari gaz bosimining pasayishi sabab tsement ishlab chiqarishni toʻxtatdi. Bu haqda Mopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, gaz bosimining pasayishiga havo haroratining keskin pasayishi va aholining gazga boʻlgan ehtiyojining oshishi sabab boʻlgan. Buning oqibatida esa  “Quvasoytsement” AJ va “Ohangarontsement” AJ tomonidan tsement ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan. Shu boisdan ikkala ishlab chiqaruvchining tsement mahsuloti oʻtgan haftada fond birja roʻyxatiga olinmagan.

Xabarda yozilishicha, boʻlib oʻtgan savdolarning oʻrtacha kunlik hajmi 30 ming tonnani tashkil etgan boʻlsa, bu avvalgi savdolar nisbatan 46 ming tonnani belgilagan boʻlib, bu foiz koʻrsatkichida 34 % kamayganligini koʻrsatmoqda.

Sotilgan tsement hajmi 141 ming 919 tonnani tashkil etgan boʻlib, bu avvalgi kim oshdi savdosida sotilgan tsement hajmidan 68 ming 456 ming tonnaga kamdir.

Savdo hajmining ham pasayishi, uning narxining oshishiga olib kelgan. Hafta boshida 1 kg tsement 512 soʻm boʻlgan boʻlsa, hafta oxirida u 539,1 soʻmgacha (yoki 5% ga) koʻtarilgan.

“Mazkur holat savdo ishtirokchilarning kamayishiga ham oʻz taʼsirini ayamadi: yaʼni ular 1054 dan 817 nafarga kamaygan boʻlsa, xaridorlar ham 556 nafardan 373 nafargacha kamayganini kuzatish mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzakov eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi boʻyicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular