13:00 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
62640

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Oʻzbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi-davlat maqomini olishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Anisimov RIA Novosti bilan suhbatda Oʻzbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi-davlat maqomini olishini maʼlum qildi.

Shu yil yanvar oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama oʻrganib chiqish kerakligi haqida aytgandi.

Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YEOIIdagi kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyining boshida - Senat koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekistonning ittifoqda kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini maʼqullagandi.

"Dekabr oyida Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi", - dedi Anisimov "Rossiya-Oʻzbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va sherikchilik" onlayn-konferentsiyasida.

Anisimovning fikriga koʻra, Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan hamkorligi yangi formatda impuls va rivojlanish oladi.

YEOII – 2015 yil 1 yanvardan boshlash faoliyat koʻrsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston - ittifoq aʼzolari.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular