13:05 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
121320

Oʻzbekiston va Kuba Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat maqomini olish uchun ariza topshirdi. Yakuniy qaror 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashida imzolanadi.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori Goar Barsegyan tomonlarning vazifalariga oydinlik kiritdi.

- YEOII toʻgʻrisidagi kelishuvga asosa kuzatuvchi-davlatlar vakillari YEOII tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin, lekin qarorlarni qabul qilishda qatnashmaydi;

- hamkor-davlatlarga YEOIIda qabul qilingan maxfiy boʻlmagan hujjatlar va reglamentlar taqdim etiladi;

- kuzatuvchi-davlat Ittifoqqa yoki aʼzo-davlatlarining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi;

- kuzatuvchi-davlat maqomi YEOIIning integratsiya kun tartibidan xabardor boʻlish va turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga imkon beradi;

Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish toʻgʻrisida yakuniy qaror 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi yigʻilishida qabul qilinadi.

"Bizda bu maqomni yaqinda olgan Moldova bilan ijobiy tajriba mavjud. Ishonchim komilki, Kuba ham, Oʻzbekiston ham kuzatuvchi-davlat maqomlari rasmiy tasdiqlangandan soʻng, asosiy yoʻnalishlar boʻyicha YEOII sheriklari bilan faolroq hamkorlik qiladi", - deb xulosa qildi YEIK vakili.

Shu yil yanvar oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama oʻrganib chiqish kerakligi haqida aytgandi.

Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YEOIIdagi kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyining boshida - Senat koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekistonning ittifoqda kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini maʼqullagandi.

YEOII – 2015 yil 1 yanvardan boshlash faoliyat koʻrsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston - ittifoq aʼzolari.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular