18:18 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
59140

Rossiya va Oʻzbekiston savdo va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir nechta hujjatni imzoladi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston savdo va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir nechta hujjatni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Oʻzbekiston va Rossiya korxonalari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasi" davra suhbati yakunida respublika ishbilarmon doiralari ishtirokida imzolash marosimi oʻtkazildi.

Ministr promыshlennosti i torgovli RF Denis Manturov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Ministr promыshlennosti i torgovli RF Denis Manturov

Imzolangan hujjatlar:

  •  Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida sanoat, tashqi savdo va investitsiya kooperatsiyasi sohasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • "INNOPROM. Oʻzbekistonda yirik sanoat haftaligi" xalqaro sanoat koʻrgazmasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.

Sanoat va savdo vazirligi rahbari respublikaga tashrif chogʻida RF moliyaviy koʻmagi, uning texnologiyalari va uskunalaridan foydalangan holda qurilgan yangi metallurgiya zavodini ochish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, Denis Manturov 2021 yil aprelda Oʻzbekistonda “Innoprom” sayyor koʻrgazmasi oʻtkazilishini eʼlon qildi. Bu sanoat forumi Rossiyadan tashqarida birinchi marta boʻlib oʻtadi. Tadbirda RF va Oʻzbekiston kompaniyalaridan tashqari, barcha qiziqish bildirgan sanoat korxonalari ishtirok etishlari mumkin.

Teglar:
hamkorlik, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular