09:18 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
218 0 0

Oʻzbekistondan joʻnatilgan quritilgan oʻrik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan soʻng ikki mamlakat mutasaddilari tezkor ravishda muzokaralar oʻtkazdi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya karantin idoralari Oʻzbekiston joʻnatilgan quritilgan oʻrik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan soʻng muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avvalroq Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan Rossiyaga eksportga joʻnatilgan quritilgan oʻrik mahsulotida “Kapr qoʻngʻizi” aniqlangani haqida xabar qilgandi.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan ikki mamlakat mutasaddilari oʻtkazgan tezkor ravishda onlayn muzokaralar olib borilgan. Rossiya tomonidan yuborilgan fotosuratlar Markaziy karantin laboratoriyasi xodimlari ishtirokida tekshirilib, koʻrsatilgan mazkur karantin obʼyekti aynan “Kapr qoʻngʻizi” emas, balki Oʻrta Osiyo va Rossiyada tarqalgan “Trogoderma” oilasiga mansub boshqa qoʻngʻiz ekanligi taxmin qilinmoqda.

“Onlayn muzokaralar davomida Rossiya Federatsiyasi tomonidan quritilgan oʻrik mahsuloti uchun taqiq qoʻyilmaslikka kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksportyor korxonaga nisbatan fitosanitar choralar koʻrilishi haqida ahdlashuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Tezkor olingan maʼlumotga koʻra, ushbu tadbirkor Rossiyadan quritilgan oʻrik mahsulotining eski hosilini yuklash boʻyicha buyurtma olgan. Eksport sigʻimini toʻldirish maqsadida hududdagi dehqon bozorlaridan eski hosillarning qoldiqlarini turli joylardan toʻplab, mahsulot yiqqan.

“Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi mamlakatdan xorijga yuklanadigan barcha turdagi quritilgan mahsulotlar toʻliq fumigatsiya qilinishi, mahsulot fitosanitar tozaligini qatʼiy nazoratdan oʻtkazib, fitosanitar sertifikati rasmiylashtirilib berilgandagina eksportga chiqarilishini maʼlum qilgan.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida respublikaning barcha hududlarida omborxonalar va binolarda, shu jumladan quritilgan mahsulotlar saqlanadigan korxona sigʻimlarida qayta tekshiruv tadbirlari amalga oshirilib, zararsizlantirish fitosanitar choralari olib borilmoqda. 

Asosiy mavzular