Yagona davlat reyestridan ma’lumot berish tartibi o‘zgardi

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, yagona davlat reyestridan ma’lumot berish tartibiga qator o‘zgarishlar kirtdi.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 763-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish tartibiga bir necha o‘zgarishlar kirtildi, deb xabar qilmoqda Norma.uz. 

Xususan, davlat ro‘yxatidan o‘tishi yoki qayta o‘tishi uchun, tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Davlat boji to‘g‘risidagi" qonundan belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi. Shuningdek tadbirkorning benefitsiar mulkdori hamda xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya fondiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovnomalar kiritilgan.   

Tadbirkorlik subyektlari davlat yagona reyestridan ma’lumotlar berish uchun quyidagi stavkalar bo‘yicha bojlar to‘lanadi: 

  1. Davlat ro‘yxatidagn o‘tgani uchun yangi namunadagi guvohnoma berish uchun BHMning 1 baravari miqdorida. Agar ushbu harakat internet orqali amalga oshirilsa - BHMning 0,5 baravari miqdorida.
  2. Tadbirkorlik subyektlari davlat yagona reyestridan subyektning o‘zi to‘g‘risida ko‘chirma - bepul. 
  3. Tadbirkorlik subyektlari davlat yagona reyestridan ko‘chirma - BHMning 0,5 baravari miqdorida, internet orqali - BHMning 0,25 baravari miqdorida.
  4. Tadbirkorlik subyektlari davlat yagona reyestridan subyektning o‘ziga nisbatan 1ta hujjat berish - BHMning 0,5 baravari miqdorida. Shu harakat internet orqali amalga oshirilganda - BHMning 0,25 baravari miqdorida.

Yangi tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 2-dekabr kuni qabul qilingan bo‘lib, 3 oydan so‘ng - 2021-yil 2-martdan boshlab kuchga kiradi. 

Yangiliklar lentasi
0