11:21 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
59201

Rossiyada mol goʻshtining ulgurji narxi bir yil davomida 17,5 foizga yoki kilosiga 113 rubl qimmatladi.

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. 2020 yil boshidan buyon mol goʻshti Rossiyada rekord darajada qimmatladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya goʻshtni qayta ishlash Milliy ittifoqi maʼlumotlariga asoslangan holda.

Maʼlum boʻlishicha, mol goʻshti yil boshidan buyon 17,5 %ga qimmatlashib yangi rekord oʻrnatgan. Xususan 2019 yilning noyabr oyida 1 tonna mol goʻshtining ulgurji narxi 243,87 ming rubl boʻlgan boʻlsa, 2020 yilning noyabrida – 356,8 ming rublni tashil qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, mol goʻshti qimmatlashishi munosabati bilan rossiyaliklar uning oʻrniga koʻproq parranda goʻshti yoki choʻchqa goʻshtini isteʼmol qilishga oʻtishgan. Bugungi kunda mol goʻshtining asosiy isteʼmolchilari - mehmonxonalar, restoranlar, ijtimoiy muassasa (maktab, bogʻcha) va qayta ishlovchi korxonalardir.

Maʼlumot uchun, Rossiyada yiliga oʻrtacha hisobda 2 mln tonnadan ortiq. Yillik ishlab chiqarish miqdori esa 1,65 mln tonnani tashkil qiladi. Qolgan mol goʻshtini Rossiya Belarus Respublikasi (191 ming tonna) Paragvay (51 ming tonna) va Braziliyadan (40 ming tonna) import qilgan.

Rossiyaga mol goʻshti har yili hukumat tomonidan ajratiladigan kvotalarga muvofiq import qilinadi. Xususan, 2020 yilda kvota 517 ming tonnani tashkil qilgan edi. Shu bilan birga AQSH, YEI va Ukrainadan goʻsht mahsulotlari olib kirish mutlaq taʼqiqlangan. 

Asosiy mavzular