TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiyaning VEB.RF davlat korporatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya majmuasi tomonidan Belaz samosvallarini sotib olishni moliyalashtiradi.
"VEB.RF Olmaliq togʻ-metallurgiya majmuasi "Belaz" karyer samosvallarini sotib olishini moliyalashtirishda yordam beradi. Moliyalashtirish hajmi $59 mln, muddati 5 yil", - deyilgan xabarda.
VEB raisi oʻrinbosari Daniil Algulyan aytishiga koʻra, bu Rossiya va Belarus hamkorligining yangicha shakli boʻladi. Rossiya korporatsiyasi xaridorga uzoq muddatli kredit ajratadi, lekin kredit stavkasi Belarus davlat byudjeti tomonidan qoplanadi.
Maʼlumot uchun, odatda VEB.RF Rossiya korxonalari mahsulotlarini sotib olish boʻyicha bitimlarni moliyalashtirishda koʻmak beradi.