Xorazm yaqin yillarda qanday rivojlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan 413 metrlik ko‘prik, Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l qurilishi aytildi. Kelgusi uch yilda 2 ming 370 kilometr yo‘llarni ta’mirlash vazifasi qo‘yildi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Xorazm viloyati faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir shahar va tuman, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, “o‘sish nuqtalari”ni belgilab berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rivojlantiradigan yo‘nalishlar

Xususan, Urganch shahrida to‘qimachilik va turizm, Xiva shahrida turizm va qurilish materiallari, Gurlan tumanida to‘qimachilik va issiqxona xo‘jaligi, Yangibozor tumanida issiqxona va meva-sabzavotni qayta ishlash, Tuproqqal’a tumanida mashinasozlik va elektr texnikasi kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish mumkinligi qayd etildi.

2021 yilda viloyatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollar bandligini oshirish maqsadlariga 500 milliard so‘m kredit resursi ajratiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi

Turizm

Viloyatda mehmonxona o‘rinlarini ko‘paytirish, salohiyatli mamlakatlardan Urganchga doimiy va charter reyslar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun transport xizmatlarini yaxshilash, xususan, Farg‘ona vodiysidan avia va temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yib, buning dastlabki davrida 30 foizlik chegirma qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Keyinchalik bu tajriba Termiz, Samarqand va Buxoro shaharlari bo‘yicha ham qo‘llaniladi.

Qurilish

Yig‘ilishda Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan 413 metrlik ko‘prik, Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l qurilishi aytildi. Kelgusi uch yilda 2 ming 370 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash vazifasi qo‘yildi.

Kelgusi yili viloyat bo‘yicha 2 ming xonadonli 100 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident yig‘ilishda xorazmlik yoshlar bilan alohida suhbatlashdi. Har birini eshitib, takliflari bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

“Qiyin davrda, murakkab sharoitda yashayapmiz. Ana shu sharoitda har bir tuman, har bir mahallaning o‘z o‘rni, marralari bor. Xorazmning marrasi baland bo‘lishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0