11:50 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
360 0 0

Soʻnggi kunlarda OAVlarda Rossiya Oʻzbekistonning Fargʻona, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlariga eksport uchun taqiq qoʻygani va bunga pomidor jigarrang bujmayish virusi sabab boʻlgani muhokamalar markazida boʻlib, mazkur taqiqlar xususida turli xil fikrlar bildirilmoqda.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus) yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijasini eʼlon qildi.

Ushbu virus bilan bogʻliq xabar eʼlon qilinganidan soʻng “Dolzarb 15 kunlik” chora-tadbirlar tezkor rejasi ishlab chiqilgan

Taʼkidlanishicha, Rosselxoznadzor vakillari bilan muzokaralar oʻtkazilib, ularning tajribaviy tavsiyalarini inobatga olingan. Pomidor va bulgʻor qalampiri mahsuloti hamda uning eksportiga jiddiy zarar yetkazuvchi ushbu kasallikning alomatlari, tarqalish yoʻllari va qarshi kurash mexanizmi aniq belgilab berilgan.

Maxsus ishchi guruhi tuzilib, Fargʻona viloyatiga fitosanitariya holatni batafsil oʻrganish va aniqlik kiritish maqsadida safarbar etilgan. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlari hamda chegara maskanlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlarga muntazam ravishda maxsus yoʻriqnoma va topshiriqlar berilgan.

Hozirda respublika hududiga pomidor va kalampir mahsulotlarining urugʻlari olib kirilishi toʻliq cheklangan boʻlib, mazkur urugʻliklarni eksport qiluvchi davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Respublikaning barcha hududida yetishtiriladigan pomidor mahsulotidan namunalar olinib, Markaziy karantin laboratoriyasida oʻrganilmoqda.

“Dolzarb 15 kunlik” kunlik doirasida respublikaning Qashqadaryo, Navoiy, Fargʻona hamda boshqa hududlarida pomidor va qalampir ekilgan har bir issiqxonaning joylashgan oʻrni, maydoni, turi va fitosanitariya tozaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi shakllantirilgan va davomli qatʼiy fitosanitariya nazorat oʻrnatilgan.

“Oʻrganish va tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, bugungi kunga qadar Respublika hududida mazkur virus aniqlanmagan”, - deyilgan “Oʻzdavkarantin” xabarida.

Taʼkidlanishicha, Rosselxoznadzor tomonidan qoʻyilgan vaqtinchalik taʼqiqlar asoslanmagan xavotirlar va turli xil salbiy fikrlar OAVlarda keng tarqalishiga sabab boʻlmoqda.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda “Oʻzdavkarantin” va Rosselxoznadzor karantin xizmatlari oʻrtasida munosabatlarida ken qamrovli xamkorlik barcha yoʻnalishlari boʻyicha faol oʻzaro rivojlanib kelmoqda.

“Bunga misol joriy yildagi koronavirus pandemiyasiga qaramay “Oʻzdavkarantin” murojaatiga koʻra Rosselxoznadzor qoʻshimcha ravishda 3 omborni vaqtinchalik saqlash omborlar roʻyxatiga qoʻshdi hamda ikki davlatning fitosanitariya sohasidagi axborot tizimlari muvaffaqiyatli integratsiyalashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi kunda respublikaning virusdan xoli ekanligini tasdiqlash maqsadida har bir hudud kesimida yetishtiruvchilar, yaʼni issiqxonalar roʻyxati shakllantirilmoqda. Ular Rosselxoznadzorga taqdim etilib, qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Tomato brown rugose fruit virus - pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi virusi yangi va juda kam oʻrganilgan virus boʻlib, faqatgina 2020 yil sentyabr oyida Yevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklar karantini va himoyasi A2 roʻyxatiga koʻshilgan. Qayd etish kerakki, ushbu kasallik urugʻlar, virus tekkan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqalishi va ekinlarning changlanishi vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha ishlab chiqilmagan.

Teglar:
eksport, qalampir, pomidor, “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi

Asosiy mavzular