18:35 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
213 0 0

Hujjatning loyihasida loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni oʻz vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida amalda boʻlgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv taʼminoti va oqava suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatning loyihasida kreditorlik qarzini kamaytirish, loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni oʻz vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJning amalda boʻlgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan.

Taʼkidlanishicha,  “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd soʻm hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd soʻm zarar koʻrgan.

Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun narxlar (tariflar) qayta ishlab chiqilib, koʻrib chiqib xulosa olish uchun monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlariga taqdim qilingan.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.

Loyihada taklif qilinayotgan yangi tariflar:

1 metr kub ichimlik suvi uchun:

  • aholi, byudjet va ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQSsiz) 310 soʻmdan 500 soʻmga (161,2%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 730 soʻmdan 1 500 soʻmga (205,4%).

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholi, byudjet va ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQSsiz) 250 soʻmdan 350 soʻmga (140%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 460 soʻmdan 820 soʻmga (178,2%).

 

Teglar:
sovuq suv, suv, Toshkent

Asosiy mavzular