17:56 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
95902

Kuzatuvchi maqomi Oʻzbekistonga YEOIIning turli tuzilmalarida oʻz vakiliga ega boʻlish, qoʻshimcha maʼlumot olish va bu uchrashuvlarda qatnashish imkoniyatini beradi.

Biroq, Oʻzbekiston kuzatuvchi sifatida ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi. Mazkur maqom hech qanday savdo preferentsiyalar yoki iqtisodiy ustunliklarni nazarda tutmaydi. Rossiya Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda boʻlib oʻtgan yil yakuni boʻyicha matbuot anjumanida bu haqda gapirdi, deb xabar Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

YEOIIga aʼzo davlatlar hududida amal qiladigan qoidalar Oʻzbekistonga taalluqli emas, deb tushuntirdi elchi. Ushbu davr mobaynida respublika ittifoqda ishtirok etishning barcha xatar va foydali tomonlarni baholash imkoniyatiga ega boʻladi.

"Mening fikrimcha, hamma narsa tushunarli: Oʻzbekiston savdo aylanmasining muhim ulushi YEOII davlatlariga toʻgʻri keladi, transport arteriyalari ushbu hudud orqali oʻtadi. Mehnat migratsiyasini aytmasa ham boʻladi. Ittifoqqa toʻlaqonli qoʻshilish - oson jarayon emas, ehtimoliy oqibatlar uzoq vaqtdan beri oʻrganish olib borilmoqda" , - dedi Tyurdenev.

YEOII qoʻshilishning jiddiy iqtisodiy yoʻqotishlarga olib kelishidan na Oʻzbekiston, na ittifoqning boshqa aʼzolari manfaatdor emas, bu yerda -  oʻzaro murosaga kelish masalasi, deydi Rossiya diplomati.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular