06:36 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
405 0 0

“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stantsiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. “Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stantsiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga koʻra, Hukumat nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar” (BAA) kompaniyasi (Investor) va masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi (Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida Investitsiya shartnomasi tasdiqlanadi.

Qaror bilan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullandi.

Shunga koʻra, Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qatʼiy tarif oʻrnatiladi.

Asosiy mavzular