16:46 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
66320

Oʻzbekiston bugʻdoy importining asosiy qismi Qozogʻistondan olib kelinadi. Shu sababli Rossiyada kiritilgan cheklov unga taʼsir qilmaydi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Rossiyada bugʻdoy eksportiga doir kiritilgan cheklovlar Oʻzbekistonga salbiy taʼsir qilmaydi. Bu haqida Rossiya elchisi Tyurdenev bilan boʻlib oʻtgan yillik matbuot anjumanida xabar qilindi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.   

Maʼlumki, Rossiyada 15 dekabrda bugʻdoy eksportiga doir cheklov joriy etildi. Unga koʻra kelgusi yilning 15 fevralidan 30 iyuliga qadar faqat 17 mln tonna bugʻdoy eksportga chiqarilishi mumkin.

Ushbu vaziyat Oʻzbekistonga qanday taʼsir qiladi, - degan savolga Rossiyaning Oʻzbekistondagi savdo vakili Andrey Mokrousov javob berdi.  

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston yiliga 9,5 mln tonna bugʻdoy isteʼmol qilar ekan. Shundan 7 mln tonnasi Respublika ichida yetishtirilar ekan. Import qilidayotgan bugʻdoy va unning 99,5 Foizi Qozogʻistondan va 0,5 % Rossiyadan olib kelinar ekan.

Bundan koʻrinib turibdi-ki, Oʻzbekiston oʻziga kerakli bugʻdoyning asosiy hajmini oʻzida yetishtiradi va qolgan qismini Qozogʻistondan sotib oladi. Kerak boʻlsa, 17 mln kvota doirasida Rossiyadan ham xarid qilish mumkin. Shuning uchun, bu yerda xavotirga oʻrin yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya faqat YEOII aʼzolariga imtiyozli narxlarda bugʻdoy sotish imkoniyatini  kafolatlaydi. Bu yil Rossiyada bugʻdoy hosili 40 mln tonnaga yaqin boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular