18:34 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
14710

Moʻynoq, Muborak, Gazli va Shoʻrtan konlaridan kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli darajada oshirildi.

TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Ustyurtda 3 ta, Qashqadaryoda 4 ta, Buxoroda 4 ta gaz qudugʻi ochilishi natijasida "Oʻzbekneftgaz" tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli oshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

Xususan, Moʻynoq tumanida joylashgan “Sharqiy Berdaq” konidan kunlik 310 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishdi.

Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan 217 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 5 tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishildi.

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy tandircha” gaz kondensat konidagi 60-sonli quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati, qazib chiqarilishiga erishildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan kunlik 300 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun, 2020 yilning sentyabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 42 ta yangi quduqlarni burgʻilab ishga qoʻshildi, 193 ta mavjud quduqlarda kapital taʼmirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 15 ta texnologik obʼyektlarni qurish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlari bajarildi. Buning natijasida sentyabr oyidan boshlab kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish koʻrsatkichlari 89,7 mln kub metrdan 92,5 mln kub metrgacha oshirishga erishildi.

Asosiy mavzular