UzAuto Motors so‘nggi janjallar ortidan qancha zarar ko‘rdi

© UzAuto MotorsUzAuto Motors
UzAuto Motors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust-sentabr oylarida UzAuto Motors kunlik tushumi qariyb 30-40 mlrd so‘mga keskin kamaygan yoxud belgilangan reja 562 mlrd so‘mga kam bajarilgan.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi OAVda ular haqidagi asossiz xabarlar tufayli 562 mlrd so‘m yo‘qotganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors AJ Yuridik departament direktori Rustam Shaymardonovning ma’lum qilishicha, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “maxsus buyurtma” asosida turli bo‘hton va asossiz xabarlarning tarqatib borilayotganligi, nafaqat milliy brendning nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

“Bunday xabarlar tarqalishi joriy yilning avgust-sentabr oylarida UzAuto Motors AJ kunlik tushumini qariyb 30-40 mlrd so‘mga keskin kamayishiga yoxud joriy yilning avgust-sentabr oylarida belgilangan rejani 562 mlrd so‘mga kam bajarilishiga sabab bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunday yo‘qotishlar jamiyatning mazkur tushumlarga mutanosib ravishda davlat budjetiga soliq va boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lashiga to‘sqinlik qilgan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura “UzAuto Motors”ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi

Mablag‘ taqchilligi yuzaga kelishi natijasida sentabr oyida rejalashtirilgan akkreditiv to‘lovlari va xorijiy hamkorlarga yo‘naltiriladigan to‘lovlar oktabr-noyabr oylarida kechiktirib to‘langan.

“Xorijiy hamkorlar bilan Jamiyatning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, zavodning texnik jihozlarini modernizatsiya qilish va aylanma mablag‘larini ko‘paytirish borasidagi 150 mln evro miqdoridagi davlat ahamiyatiga molik hamkorlik kelishuvini kechikishiga ham aynan shunday xabarlar sabab bo‘lgan”, - deb yozadi Rustam Shaymardonov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma’muriy sudi 30-oktabr kuni arizachi “UzAuto Motors” AJning shikoyat arizasini qanoatlantirdi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorini haqiqiy emas deb topdi. Avvalroq MQKQ kompaniya yengil avtomobillar narxlarini o‘rtacha 10,29 foizga oshirganini ma’lum qilgan edi. Shu bois narxlar arzonlashtirishi va mijozlarga qayta hisoblab berishishi lozim edi. "UzAuto Motors" bunga javoban avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz ekanini ma’lum qildi va sudga berdi.

Yangiliklar lentasi
0