18:52 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
233 0 0

Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stantsiyalari quriladi.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stantsiyasi (FES) qurilishi boʻyicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishini maʼlum qildi.

“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga koʻra aniqlanadi.

Uchinchi loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati kamida 200 MVt boʻlgan ikkita quyosh fotoelektr stantsiyalari qurilishi xabar qilingan edi.

Teglar:
Energetika vazirligi, Namangan viloyati, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati, quyosh fotoelektr stantsiyasi

Asosiy mavzular