Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan quritilgan meva olib kirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishKuraga
Kuraga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli cheklov dekabr oyida keltirilgan quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi aniqlangani tufayli kiritilgan edi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rosselxoznadzor 1-yanvardan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan quritilgan mevalarni olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Rosselxoznadzor 2021-yil 1-yanvaridan boshlab Rossiyaga O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyatidan quritilgan mevalarni olib kirishga ruxsat beradi. Xizmatning qarori O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan muzokaralar natijalari va O‘zbekiston tomonining bergan kafolatlariga asoslangan”, - deyilgan xabarda.

Tegishli cheklov dekabr oyida keltirilgan quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi aniqlangani tufayli kiritilgan edi.

Pomidori - Sputnik O‘zbekiston
Rosselxoznadzor O‘zbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Ta’kidlanishicha, endi quritilgan mevalar fitosanitariya sertifikatlarida ishlab chiqaruvchining nomi va uning manzili majburiy ko‘rsatilishi bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan olib kelinayotgan quritilgan mevaning har bir partiyasiga oldindan elektron xabarnoma va mahsulotning fitosanitariya xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya bayonnomalar ilova qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0