22:27 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
506 0 0

Yil oxiriga qadar Toshkent viloyatida avtomobil savdosi bilan shugʻullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi ish boshlaydi.

TOSHKENT, 6 yanv - Sptnik. Toshkent viloyatida Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda avtomobil savdosi bilan shugʻullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari ish boshlaydi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Ayni damda viloyat hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilgan. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi loyiha ishga tushirilgach, 100 ta ish oʻrni yaratiladi. Loyiha joriy yilning IV choragiga qadar ishga tushirilishi koʻzda tutilmoqda, - deyilgan xabarda.

Maʼlum boʻlishicha, viloyat hokimi Rustam Xolmatov, viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov Janubiy Koreyaning “EVERGREEN MOTORS CO LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan. Unda xorij kompaniyasi rahbariyati hamda viloyat hokimi tomonidan markazlashgan savdo majmuasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish xususida muzokaralar olib borilib, ikki tomonlama kelishuv imzolangan.

Asosiy mavzular