22:12 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
337 0 0

Fargʻona viloyati aholisini elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash maqsadida "Fargʻona IEM"da zamonaviy, yuqori samarali koogeneratsion gaz trubina qurilmasining ishga tushirish jarayoni amalga oshirildi.

TOSHKENT, 6 yanv - Sputnik. Fargʻona viloyati aholisini elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash maqsadida "Fargʻona IEM" AJda 17 MVt quvvatdagi zamonaviy, yuqori samarali koogeneratsion gaz trubina qurilmasining ishga tushirish  jarayoni amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati. 

Elektr stantsiyasida qoʻllanilgan yuqori samarali koogeneratsion gaz trubinasi aholini elektr bilan taʼminlash bilan birga tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini beradi.

Loyihaning dastlabki bosqichida "Fargʻona IEM" AJdan 17 km uzoqlikda joylashgan, RK-3 qozonxonasi yonida 7 MVt quvvatga ega gaz turbina qurilmasi 2019 yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilgan edi.

Ushbu loyiha har yili qoʻshimcha 197,24 mln. KVt soat elektr energiyasi hamda  214,5 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bunda yillik tabiiy gaz iqtisodi 3,2 million kub metrni tashkil qiladi, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular