Yadrovy energetika boʻyicha ekspert, “Osnovaniye” – ilmiy izlanishlar fondi prezidenti Aleksey Anpilogov Markaziy Osiyoda atom energetikasining yaqin va oʻrta muddatli istiqbollardagi kelajagi haqida oʻz xulosalarini bildirdi.
Ekspert xulosasiga koʻra, Markaziy Osiyo respublikalari oʻzlarining gidroenergetika resurslarini deyarli toʻliq foydalanishmoqda. Quyosh va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbaalari mavsumiylik va boshqa tebranishlarga ega boʻlgani tufayli ulardan foydalanish har doim ham samarali emas. Ushbu vaziyatda atom energetikasi uzoq muddatli ishonchli energiya manbai boʻlishi mumkin.
Oʻzbekistonda birinchi AES qurilganidan soʻng boshqa respublikalar ham uning ortidan ergashishi va Rossiya AESiga buyurtma berishi mumkin -, deydi ekspert.
Rossiya uchun esa bu yaxshi eksport bozori boʻladi va kelajakda migrantlar oqimi kamayishiga xizmat qilishi mumkin. Chunki atom energetikasi shaharlar rivojlanishi, korxonalar ishga tushishi va aholining ish bilan taʼminlagshiga xizmat qiladi.
Ekspert fikri bilan batafsil audiopodkastimizda tanishing.