TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilda isteʼmol narxlarining yillik inflyatsiyasi miqdori - 11,1 %ni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
Xususan, dekabr oyida isteʼmol narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 1,6%ni tashkil qilgan. 2020 yil boʻyicha isteʼmol narxlarning oʻrtacha oʻsish surʼati esa - 11,1 %ni tashkil qilgan. 019 yilda isteʼmol narxlarining oʻrtacha oʻsishi - 15,2 %ni tashkil qilgan edi.
Oʻtgan 2020 yilda isteʼmol narxlari oʻsishida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi nisbatan kamaygan va 68%ni tashkil qilgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi - 19,2% va xizmatlar ulushi - 12,8% boʻlgan. 2019 yilda esa ushbu koʻrsatgichlar - (85,7%), (10,1%) va (4,2%) boʻlgan edi.