18:04 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
73121

Jizzaxda “Dong Feng” krossoveri va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Jizzaxda “Dong Feng” krossoveri va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ular Xitoyning yirik “Dong Feng” va “Changan” avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi.

Ushbu avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 2021—2023 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan prezident qarorida keltirilgan.

Loyihaga binoan yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan. Shundan 10,5 million dollari toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollari esa oʻz mablagʻlari.

Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossover, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Hokimlik xabarida ayni paytda zavod hududida keng koʻlamdagi qurilish ishlari boshlab yuborilgani qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular