06:48 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
96 0 0

2021-2023 yillar uchun qiymati 109 trillion soʻmdan ziyod 1 ming 277 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Shundan qariyb 4,9 milliard dollari xorijiy investitsiya va kreditlarga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tijorat banklari tomonidan 2021 yilda 120 trillion soʻm miqdoridagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, qurilish materiallari, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi, neft-kimyo, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarda qiymati qariyb 1 milliard dollar boʻlgan 14 ta yirik investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan.

Masalan, Sirdaryo shahrida faoliyat yuritayotgan polietilen qop va yengil konteynerlar ishlab chiqarish korxonasida 2 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Buning davomi sifatida, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “spanbond-meltblaun” notoʻqima matolarini ishlab chiqarishga qaratilgan 94 million dollarlik loyiha rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga, shuningdek, poytaxtda investitsiya loyihalari amalga oshirilishi borasida maʼlumot berildi.

Poytaxtda 2020 yilda 3,7 milliard dollar investitsiya oʻzlashtirilgan. Qiymati 11 trillion soʻmdan ziyod 306 ta loyiha foydalanishga topshirilib, qariyb 13 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.

2021-2023 yillar uchun qiymati 109 trillion soʻmdan ziyod 1 ming 277 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Shundan qariyb 4,9 milliard dollari xorijiy investitsiya va kreditlarga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Bu saʼy-harakatlar 86 mingga yaqin ish oʻrni tashkil etish imkonini beradi.

Joriy yilda mazkur loyihalar doirasida barcha manbalar hisobidan 4,1 milliard dollar investitsiya oʻzlashtirilishi belgilangan. 454 ta loyihani ishga tushirib, qariyb 29 ming kishini ish bilan taʼminlash maqsad qilingan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, investitsiya, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular