01:43 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
621 0 0

Energetika vazirligi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yiliga 2,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish koʻzda tutilganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirligi nega Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berayotganiga izoh berdi.

Vazirlik xabariga koʻra, Afgʻonistonda tinch hayotni oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston va Afgʻon Islom Respublikasi oʻrtasida elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida hukumatlararo kelishuv imzolangan.

Unda tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan boʻlib, kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish koʻzda tutilgan.

Mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash maqsadida qoʻshni davlatlar energotizimlaridan ham qoʻshimcha import qilinib, Afgʻonistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afgʻoniston energotizimi bilan faqatgina Oʻzbekiston orqali bogʻlangan, yaʼni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina Oʻzbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

“Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda notoʻgʻri raqamlar va faktlarga asoslangan boʻlib, haqiqiy holatni aks ettirmayapti”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Teglar:
eksport, elektr energiyasi, Afgʻoniston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular