18:20 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
208 0 0

2021 yilda eksportning kutilayotgan miqdori 17 mlrd dollardan ortiq boʻladi. Bunga qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, ipakchilik, elektrotexnika va boshqa sohalarda eksport hajmining sezilarli darajada oshirilishi hisobiga erishiladi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020 yil yakunlari toʻgʻrisida hisobot berdi. Asosiy vositalarga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 101,5%ni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Investitsiya dasturi doirasida 197 loyiha amalga oshirilib, 38 ming ish oʻrni yaratildi. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln soʻmlik 10 586 loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 mingta yangi ish oʻrni tashkil etilishiga imkon berdi.

Tashqi savdo faoliyati koʻrsatkichlari

2020 yil yakunlariga koʻra, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi va bir qator mamlakatlarning yangi istiqbolli bozorlariga chiqishga erishildi.

Har bir tadbirkorlik subʼyekti bilan alohida ishlashga qaratilgan yondashuv asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asosiy vazirliklar, idoralar va davlat organlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining tashkil etilgan edi.

Komissiya vazifalari tadbirkorlik bilan shugʻullanish sharoitlarini yaxshilash va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportchilarga amaliy va moliyaviy koʻmak berishga qaratilgan tizimli mexanizmlarni ishlab chiqish ham iborat edi. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida eksport qiluvchilarga berilgan kreditlar miqdorining 50 foizigacha boʻlgan qismini kafolatlash tartibi ham yoʻlga qoʻyildi.

2021 yilda investitsiya va tashqi savdo faoliyatida kutilayotgan koʻrsatkichlar

Prognozga koʻra, xorijiy investitsiyalar hajmi 10,5 mlrd dollarni tashkil etadi, shundan 7,6 mlrd dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardir. Oʻz navbatida, 226 ta yirik, yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega sanoat loyiha ishga tushiriladi va 34 mingta ish oʻrni tashkil etiladi.

Investitsiyalarni oʻzlashtirish samaradorligi oshiriladi - prezident

Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 94,8 trln soʻmlik mablagʻ oʻzlashtirilishi va 7106 investitsiya loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida qariyb 162 mingga yangi ish oʻrni yaratiladi.

Shuningdek, 2021 yilda eksportning kutilayotgan miqdori 17 mlrd dollardan ortiq boʻladi. Bunga qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, ipakchilik, elektrotexnika va boshqa sohalarda eksport hajmining sezilarli darajada oshirilishi hisobiga erishiladi.

Shu bilan birga, 2 mingdan ziyod yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish va 120 yangi turdagi tayyor mahsulot eksportini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Teglar:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston, iqtisod

Asosiy mavzular