TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, pul oʻtkazmalari hajmi 2019 yilga nisbatan 17 mln dollarga yoki 0,3% foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 1,20 mlrd. dollarga yetgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 157 mln dollarga yoki 15 foizga oshdi.
Natijada xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 4,83 mlrd dollarga yetgan.