03:54 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
338 0 0

Oʻzbekiston YEOII bozorida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish ishlarini jadallashtiradi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtiradi. Bu haqda prezidentning 2021 uchun Davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni loyihasida aytilgan.

Yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan amaliy chora tadbirlar:

  • YEOII texnik reglament talablarini qabul qilish;
  • YEOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Bu bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk YEOII kelajakda Oʻzbekiston ittifoqning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishiga umid bildirayotganini maʼlum qilgan edi.

2020 yil 11 dekabr kuni Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuzatuvchi maqomi mamlakatga majlislarda ishtirok etish, millatlararo tartibga solishning integratsiyalashuv muammolarini muhokama qilish huquqini beradi. Kuzatuvchi mamlakatlar qaror qabul qilish huquqiga ega emasligiga qaramay, Yevrosiyo ittifoqi hamkor mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Mavzu boʻyicha

Yangi yil, vaktsina va YEOII: Mirziyoyev va Putin muloqoti haqida
Mirziyoyev Oliy YEOII kengashining yigʻilishida ishtirok etadi
YEOII bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev
Oʻzbekiston YEOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?
YEOII 2021 yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
Teglar:
YEOII, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular