13:21 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
396 0 0

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda neft qazib olish 2019 yilga nisbatan 4,9 foizga oʻsib, 733,6 ming tonnani tashkil etdi.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekistonda neft qazib olish 2019 yilga nisbatan 4,9 foizga oʻsib, 733,6 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz qazib olish 17,8 foizga kamayib, 49,739 milliard kubometrga etdi. Bu haqda respublika Davlat statistika qoʻmitasi xabar qildi.

Respublikada gaz kondensati ishlab chiqarish 1,33 baravarga kamaydi - 1,408 million tonnagacha.

Yil davomida 1,016 million tonna benzin ishlab chiqarildi, bu 2019 yilga nisbatan 0,9 foizga kam, dizel yoqilgʻisi esa 933,1 ming tonna (minus 9,6 foiz).

Hozirgi kunda "Oʻzbekneftgaz" yiliga 70 milliard kubometr tabiiy gaz va sakkiz million tonna suyuq uglevodorod ishlab chiqarishi quvvatiga ega. Biroq, zaxiralarning kamayishi va texnologik yoʻqotishlar tufayli uglevodorod ishlab chiqarish soʻnggi 15 yil ichida sezilarli darajada kamaydi.

Teglar:
Toshkent, neft, gaz, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular