18:36 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
374 0 0

Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasidagi erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 MVtga oshirish boʻyicha energetika loyihalari ijrosi yoʻlida uchta asosiy bosqich amalga oshirildi.  Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Ular 2020 yil mart oyida Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasidagi imzolangan kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.

Umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard dollar va umumiy quvvati 2 500 MVt boʻlgan uchta yirik energetika loyihalari doirasidagi yangi ishlanmalar amalga oshirilmoqda:

  • quvvati 1500 MVt boʻlgan Sirdaryo IES qurilishining rasmiy boshlanishi;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVt boʻlgan ikkita shamol elektr stantsiyasi boʻyicha elektr energiyasini sotib olish boʻyicha ikkita kelishuv;
  • Investitsiya kelishuvlari.

Taʼkidlanishicha, mazkur uchta loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonning energetik quvvatlarini talab darajasida oshirish kafolati hisoblanadi. Chunki 2030 yilga borib elektr energiyasi isteʼmoli 110 milliard kVt soatga yetishi kutilmoqda.

Ular, shuningdek, Oʻzbekistonda energiya samaradorlikni oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek energetika sektorida yaqinda amalga oshirilgan islohotlar doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha milliy dastur bilan kelishiladi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov yuqoridagi bosqichlardan oʻtish yuklatilgan majburiyatlar bajaralayotganidan dalolat berishini taʼkidladi.

“Oʻzbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish maʼlum vaqt davomida ishlanmalar va investitsiyalar sohasidagi koʻplab maqsadlarga erishishni koʻzda tutadi. Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi Oʻzbekistonga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatimiz energetik maqomini oshirish imkonini beradi. Vazirlik “ACWA Power” kompaniyasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi. Biz uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilish niyatidamiz”, - dedi vazir.

“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bu uchta loyiha ularning mamlakatdagi sarmoyaviy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish imkonini berganini urgʻuladi.

“Sirdaryo IES qurilishiga start berilishi, ESK va Oʻzbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga oʻtishida muhim omil sanaladigan Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi “Bash” va “Jonkeldi” shamol elektr stantsiyalari boʻyicha Investitsiya kelishuvlarining imzolanishi bizning energetika tarmogʻini isloh qilish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishini ragʻbatlantirish  jarayonidan ilgarilab ketishga boʻlgan intilishimizni ifodalaydi”, - dedi u.

Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi vodorod energiyasini rivojlantirish boʻyicha ham kelishuvlarga erishdi. Mazkur kelishuv Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda vodorod va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali issiqxona gazi chiqindilarini kamaytirish boʻyicha oʻz maqsadiga erishishda birinchi qadamlarini nazarda tutadi.

Maʼlumot uchun: “ACWA Power” kompaniyasi elektr energiyasi va chuchuk suv ishlab chiqarish boʻyicha uskunalarni ishlab chiqish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan. Kompaniya 2004 yilda Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da roʻyxatga olingan va taʼsis etilgan.

Asosiy mavzular