Koka-kola zavodini xususiylashtirish bo‘yicha tender to‘xtatilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo napitkov na zavode Sosa-Cola
Proizvodstvo napitkov na zavode Sosa-Cola  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koka-kola zavodidagi davlat ulushini savdoga qo‘yish shartlari raqobatni cheklashi va korrupsion omillarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd zavodini xususiylashtirish bo‘yicha tender to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi choralarni amalga oshirish yuzasidan taqdimnoma kiritgan:
  • Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan yetarli raqobatga imkoniyat mavjud emasligi sababli mazkur tender jarayonlarini to‘xtatish;
  • Tender savdolarida ishtirok etishga ko‘proq talabgorlarni jalb qilish hamda teng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarning xulosalari asosida tender shartlarini yumshatish bo‘yicha ishlarni olib borish.
Ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin Agentlikka Koka-kola korxonasidagi davlat ulushiini sotuvga qo‘yish jarayonida fuqarolar va tadbirkorlardan qonunbuzarlik holatlari to‘g‘risida murojaatlar kelib tushgan.
Izobrajenie Coca-Cola na odnom iz torgovix sentrov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Coca-cola zavodi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Xususan, 2020 yil 16-dekabrda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan "Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd" MChJ korxonasidagi 57,118 % davlat ulushi sotuvga qo‘yilgan edi. Lekin tender shartlari - savdoda qatnasha oladigan shaxslar doirasini keskin kisqartirishga va korrupsion omillarni keltirib chiqarishga sharoit yaratadi.
Ehtimoliy ishtirokchilar sonini keskin cheklash, haqiqiy raqobat bo‘lmasligi va davlat ulushining past narxda sotilishiga va buning oqibatida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tender savdosini vaqtincha cheklashga qaror qilgan.
 
Yangiliklar lentasi
0