19:35 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
144 0 0

Prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda har bir soha va hudud kesimida iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha manbaalarini aniqlash va ularni rivojlantirish vazifasi qoʻyildi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. 2021 yilda iqtisodiy oʻsish va kambagʻallikni  qisqartirishni taʼminlash maqsadida, yangi "Mahallabay" ishlash tizimni tashkil etiladi. 

Maʼlumki, 2021 yilda iqtisod oʻsishi kamida 5% boʻlishi maqsad qilingan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida qayd etilgan edi.

Lekin global iqtisodiyotdagi noaniqlik uzoq davom etishi mumkinligi sababli, iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha (ichki) zaxiralarini topish va safarbar qilishni talab etmoqda, - deb qayd etildi majlisda. 

Shu sababli, prezident barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohalari boʻyicha mahallalardagi vaziyatni oʻrganish,  “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi.

Xususan, iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga tushirib, vertikal tizimni, barcha organlar faoliyatini oʻzaro muvofiq yoʻlga qoʻyish kerakligi taʼkidlandi. 20 mingdan ortiq xodimni oʻqitib, ularga masalani joyida hal etish boʻyicha barcha vakolatlarni berish muhimligi qayd etildi.

Ikkinchidan, Davlat boshqaruvi akademiyasiga mahalla raislari va mazkur tizimda ishtirok etadigan barcha xodimlar uchun oʻquvlar tashkil qilish, buning uchun maxsus dastur va qoʻllanmalar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Uchinchidan, har bir tarmoq va hudud kesimida iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha manbalari aniqlanib, ularni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. 

Shuningdek, yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish, xarajatlarni va boshqaruv tizimini optimallashtirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi.

Muhokama qilingan barcha chora va tadbirlar bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

 

Asosiy mavzular