09:33 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
83 0 0

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona yigʻimidan tashqari) ozod qilinadi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar:

  • Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarni import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha 2022 yil 1 yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona yigʻimidan tashqari) ozod qilinadi;
  • qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini koʻrsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kun kechiktirib toʻlashi mumkin.

Shuningdek, qarorga koʻra import qilinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar roʻyxatlari va ularga tuzatishlar imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi hamda ular yuzasidan “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda, import qiluvchi har qanday tashkilotlar roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega boʻladi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, imtiyoz

Asosiy mavzular