09:52 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
18510

Tojikiston 2021 yilda Oʻzbekistondan 250 million kub metr tabiiy gaz xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu oʻtgan yilga qaraganda 11 foizga koʻproq.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Tojikiston 2021 yilda Oʻzbekistondan 250 million kub metr tabiiy gaz xarid qiladi. Bu haqda RIA Novosti “Tojiktransgaz” OAJ rahbari oʻrinbosari Shavkat Shoimovning soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Tojiktransgaz” va “Oʻzbektransgaz” oʻrtasida 250 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan edi”, - dedi u jurnalistlarga.

Taʼkidlanishicha, bu oʻtgan yilga qaraganda 11 foizga koʻproq.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 23 dekabr kuni Tojikistonning Xoʻjand shahriga Oʻzbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklangan edi.

Oʻzbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish 2012 yilda toʻxtatilgan edi. 2018 yil sentyabr oyida Oʻzbekiston tabiiy gaz taʼminotini tikladi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, Tojikiston, Oʻzgaztrans, gaz

Asosiy mavzular