01:13 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
57910

Oʻzbekistonda ilk bor hisoblab chiqilgan isteʼmol savatining qiymati - 2 milliondan oshib ketdi. Uning katta qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor isteʼmol savati miqdori hisoblab chiqildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sputnik muxbiriga.

Xabarda aytilishiga koʻra, jahon tajribasi va aholining ijtimoiy soʻrov natijalarini hisobga olgan holda 2020 yil dekabr oyida isteʼmol savatini hisob-kitob qilish ishlari olib borilgan.

Uning tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-roʻzgʻor buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat toʻlovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.

Natijada Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli boʻlgan bir kishi uchun bir oylik isteʼmol savati qiymati oʻrtacha - 2 157 000 soʻmni tashkil etgan.

Unga quyidagilar kiritilgan: 

1. Oziq ovqatlar - 1,27 mln. soʻm

  • goʻsht 8 kilo (550 ming)
  • meva-sabzavotlar (338 ming)
  • baliq (113 ming)
  • non va dukkakli mahsulotlar (140 ming) 

2. Shaxsiy gigiyena va xoʻjalik mollari - 76 ming soʻm 

  • sovun, shampun, tish pastasi
  • kir yuvish kukuni, tualet qogʻozi

3. Xizmatlar va kommunal toʻlovlar - 782 ming soʻm.

  • Tibbiy xizmatlar va sartarosh (108 ming)
  • Qoʻshimcha mashgʻulotlar (300 ming)
  • Internet, tv, mobil aloqa (140 ming)
  • Transport (84 ming)
  • Kommunal toʻlovlar (150 ming) 

Shu oʻrinda, taʼkidlash joizki, odatda isteʼmol savati aholining 3ta ijtimoiy-demografik guruhi - mehnatga layoqatlilar, nafaqaxoʻrlar va bolalar uchun alohida hisoblab chiqilishi kerak. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hozircha faqat bir guruh uchun isteʼmol savati miqdorini hisoblab chiqishgan ulgurgan.

Asosiy mavzular