23:57 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
456 0 0

Oʻtgan yili Oʻzbekistonga chet eldan jami 131 ta elektromobil olib kelingan. Shulardan 92 tasi Xitoyga toʻgʻri kelmoqda.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. 2020 yilda  Oʻzbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Import qilgan mamlakatlar orasida Xitoy birinchi oʻrinda. U yerdan jami 92 ta elektromobil olib kelingan. Keyingi oʻrinlarda Janubiy Koreya (13 ta), Gruziya  (7 ), AQSH (7), Germaniya (5) va boshqa davlatlar (7).

2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSH dollari sarflangan.

Avvalroq Oʻzbekiston hukumati “Oʻzavtosanoat” kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga oʻtkazishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgandi. Bundan tashqari, Vazirlar mahkamasi qarori bilan mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yigʻimlarni bekor qilish koʻzda tutilmoqda.

Asosiy mavzular