15:21 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
46420

YEOIIda yaqinda qabul qilingan yangi tartibga koʻra, Iqtisodiy ittifoq aʼzo davlatlari orasida oʻzaro pensiyani hisoblash tizimi joriy etilgan.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Olma-Otada boʻlib oʻtayotgan YEOII hukumatlaaro kengash majlisida Oʻzbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hududida madaniyatli mehnat bozori shakllantirishni qoʻllab-quvvatlashini  maʼlum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Oʻzbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hududida madaniyatli mehnat bozori shakllantirishni qoʻllab-quvvatlaydi", - dedi Aripov.

Undan tashqari bosh vazir oʻz nutqida Oʻzbekistonning Yevroosiyo ittifoqi  bilan hamkorligida YEOII davlatlarida vaqtincha mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun kerakli sharoitlar yaratish masalasi kirishini ham alohida aʼkidlab oʻtdi. 

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiya yoki Qozogʻistonda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari qator hujjatlar rasmiylashtirishi va toʻlovlar amalga oshirishi talab etiladi. Undan tashqari mehnat migrantlarining pensiya masalasi ham bir necha bor muhokama qilingan edi. 

YEOIIda yaqinda qabul qilingan yangi tartibga koʻra, Iqtisodiy ittifoq aʼzo davlatlari orasida oʻzaro pensiyani hisoblash tizimi joriy etilgan. Yaʼni YEOIIning bir davlati fuqarosi bir necha yil boshqa davlatda  ishlasa ham uning pensiya toʻlovlari belgilangan tartibda hisobga olinadi.

Asosiy mavzular