TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻtgan yilda Qozogʻiston Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga 859 million kilovatt/soat elektr energiyasini eksport qildi.
"Samruk-Energo" AJni rivojlantirish va savda boʻyicha direktor Marat Uldanovning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston faqat ichki ehtiyojni toʻliq qondirib, ortib qolgan elektr energiyasini qoʻshni respublikalariga eksport qiladi.
"Jami 859 million kilovatt/soat eksport qildik. Ularning 52 millioni – Qirgʻizistonga, 807 millioni - Oʻzbekistonga. Oʻtgan yilda eksportdan olingan daromad 21,4 million dollarni tashkil etdi", - dedi Marat Uldanov.
2019 yilda Qozogʻiston milliar kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasini eksport qilgandi.