TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Vaqti-vaqti bilan ekspertlar hamjamiyati dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan dollardan voz kechish masalasiga qaytadi. Ammo amalda bu yaqin kelajakda imkonsiz – buning uchun oʻnlab yillar kerak boʻladi, dedi Klopenko Group ijrochi direktori Dmitriy Ivanov. RIA Novosti xabariga asosan.
Ekspert global moliya sanoati dollarga bogʻliqligi, barcha savdo operatsiyalarining 80 foizi AQSH valyutasida amalga oshirilishini eslatdi.
"Dollardan voz kechish - bu uning oʻrnini bosuvchi vositani topish, deganidir, ammo hozircha bunday valyuta yoʻq, na yevro, na Xitoy yuani, na boshqa “fiat valyutalari” dollarni almashtirishga qodir emas", - deb taʼkidladi Ivanov.
Mutaxassisning fikriga koʻra, dollardan ajralish jarayoni oʻnlab yillar davom etishi mumkin.