10:07 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
27110

Oʻzbekistonda toʻlangan jami soliqlarning 50 % - Navoiy KMK va 20% - Olmaliq KMK hisobidan amalga oshirilgani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. Davlat Soliq xizmati Oʻzbekistonda eng koʻp soliq toʻlagan 10ta kompaniya nomlarini eʼlon qildi. 

Krupneyshiye nalogoplatelщiki Uzbekistana

Xabarda aytilishiga koʻra, 2020 yilda toʻplangan jami soliqlarning 63,3 foizi quyidagi 10ta kompaniya hisobidan amalga oshirilgan:

  • "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi 
  • "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ,
  • "Oʻztransgaz" AJ,
  • "Oʻzbekneftgaz2 AJ,
  • "OʻZBAT" AJ QK
  • "Lukoil"
  • "Oʻzavto Motors" AJ
  • "Oʻzbektelekom" AJ
  • "Hududgaztaʼminot" AJ
  • "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ

Davlat soliq inspektsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, 2020 yilda respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, shundan 67,7 trln soʻm miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular