TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. "Chorvoq" va "Beldirsoy" oromgohlari, Poytaxt biznes markazi va Malika bozori investorlar uchun jozibador boʻlgan jami 12ta obʼyekt tez orada sotuvga chiqariladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev kecha boʻlib oʻtgan selektor yigʻilishida bosh vazir oʻrinbosari Qoʻchqorov J.A, va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Ortiqov A.J.ga topshiriq berdi.
Mart oyi yakuniga qadar "Poytaxt" biznes majmuasi, 46 gektar hududga ega "Beldirsoy2 va 76 gektar maydonli "Chorvoq" dam olish maskanlari, poytaxt markazidagi 4 gektarli yirik savdo kompleksi (Malika) kabi investorlar uchun jozibador boʻlgan 12ta obʼyekt sotilishini taʼminlashi zarur, - dedi prezident.
Undan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari "Ortiqov aprel oyida "Kvarts", "Jizzax plastmassa", "Kafolat sugʻurta" kabi 18ta korxonalardagi davlat ulushini sotib, joriy yilning birinchi yarmiga qadar byudjetga 1 trillion soʻm tushum qilishi shart", - dedi prezident.