10:09 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
77 0 0

2020 yilda Oʻzbekistonda Xitoy, AQSH, Germaniya va Janubiy Koreyadan 130 dan ortiq elektromobillar import qilindi.

TOSHKENT, 16 fev - Sputnik. Oʻtgan yilda, umumjahon pandemiyasi va boshqa muammolarga qarmasdan Oʻzbekistonga elektromobil importi 3 baravar oshgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra? 2020 yilda Oʻzbekistonga xorijdan jami 131 ta elektromobil import qilingan. Maʼlumot uchun: 2018 yilda – 13 ta, 2019 yilda – 39 ta import qilingan edi. 

Olib kelingan elektromobillarning aksariyati Xitoydan - 92 ta. Undan soʻng Koreya Respublikasidan - 13 ta. Shuningdek, Gruziya - Gruziya va AQShdan – 7 tadan. Germaniyadan - 5ta va boshqa davlatalardan 7 ta akkumulyatorda yuradigan mashinalar olib kelingan.

Biroz oldin Toshkent markazida elektromobillar uchun ikkita quvvatlash stantsiyasi qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingan edi. 

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyoning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchilari Tesla, SAIC, Toyota, Nissan, Reno va Folksvagen kompaniyalari hisoblanadi. Ushyubu kompaniyalar mahsulotlari yuqori sifati va koʻrsatgichlari bilan ajralib turadi. Lekin ishlab chiqarilgan avtomobillar soni boʻyicha - Xitoy birinchi oʻrinda. 

Asosiy mavzular