16:15 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
210 0 0

Oʻtgan yili Oʻzbekiston qiymati 1 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Shundan 255,4 million dollari Rossiyaga hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekiston qiymati 1 mlrd dollarga teng boʻlgan 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qildi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Oʻzbekiston meva va sabzavotlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya  255,4 million dollar bilan birinchi oʻrinda. Qozogʻiston (251,4 mln dollar), Qirgʻiziston (181,1 mln dollar) keyingi asosiy xaridorlar boʻlgan.

Shuningdek, oʻzbek meva-sabzavotlari Pokiston (75,5 mln $), Xitoy (70,1 mln $), Afgʻoniston (49,4 mln $), Turkiya (19,4 mln $), Germaniya (6,3 mln $), BAA (4,6 mln $) kabi davlatlarga eksport qilingan.

2020 yilda Toshkent viloyati (347,8 ming tonna), Fargʻona viloyati (207,2 ming tonna), Samarqand viloyati (144,4 ming tonna) xorijga eng koʻp meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar boʻlgan.

Teglar:
eksport, meva-sabzavot, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular