Yanvarda O‘zbekistonga qancha pul o‘tkazmalari kelib tushdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy bank 2021-yil yanvarida respublikaga jo‘natilgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdorini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 427 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Denejnie kupuri Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2020
Rossiya MB rekord hajmdagi pul o‘tkazmalari haqida bayonot berdi - pullar MDHga yuborilgan
Ko‘rsatgich 2020-yilning mos davriga nisbatan 27 mln dollarga yoki 7 foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 101 mln dollarga yetgan.
Xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 326 mln. dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etgan edi. Bu 2019-yilga nisbatan 17 mln dollarga ko‘proq.
Yangiliklar lentasi
0