09:28 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
241 0 0

"Barki Tochik" davlat energoxoldingida 2021 yilda Oʻzbekiston va Afgʻonistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi bilan bogʻliq rejalar haqida gapirib berishdi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. 2021 yilda Tojikiston ikkita davlatga elektr energiyasi hajmini oshirishni rejalashtirmoqda, deb maʼlum qildi "Barki Tochik" davlat xoldingi rahbarining birinchi oʻrinbosari Maxmadumar Asozoda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha bitimlar Oʻzbekiston va Afgʻonistonning tegishli masʼul idoralari bilan imzolangan.

Asozoda soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Afgʻonistonga sutkada 50 MVt elektr energiyasi eksport qilinmoqda. Aprel oyidan boshlab elektr energiya eksporti hajmini 400-450 MVtga oshirish rejalashtirilmoqda.

"Afgʻonistonga elektr energiya eksporti ikkita - 110 kV va 220 kV elektr uzatish liniyalari boʻyicha amalga oshirilmoqda. 110 kV LEP boʻyicha yetkazib beriladigan elektr energiyasi bahosi kilovatt uchun 3 tsentni tashkil etadi, 220 kV LEP boʻyicha esa - 4,5 tsentni, yiliga 3% oshish sharti bilan", - degan "Barki Tochik" rahbarining birinchi oʻrinbosari.

Asozodaning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonga elektr energiyani yetkazib berish ishlari mavsumiy xarakterga ega. Imzolangan bitim doirasida Tojikiston Oʻzbekistonga 1,5 milliarda kVt/s elektroenergiyasini eksport qilishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular