18:52 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
49420

Ayrim tijorat banklarining boʻlinmalarida aholiga tegishli boʻlgan bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishni rad etish holatlari aniqlangan.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Bank kartalari orqali toʻlovlarni asossiz ravishda rad etish holatlari aniqlandi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

“Ayrim hollarda joylardagi baʼzi tijorat banklarining boʻlinmalarida aholiga tegishli boʻlgan bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishni rad etish, asocsiz ravishda terminallardan foydalanmaslik hamda karta egalariga bank kartasidagi pul mablagʻlarini terminal orqali naqdlashtirib bermaslik bilan bogʻliq holatlar kuzatilmoqda. Bu esa isteʼmolchilarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda hamda haqli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda”, - deyilgan xabarda.

Qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yoʻli banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanktsiyalari qoʻllanildi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Asosiy mavzular