09:50 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
294 0 0

Respublikada yogʻochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish orqali yogʻoch importi hajmi kamaytiriladi.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Yogʻochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, respublikada yogʻochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish orqali yogʻoch importi hajmi kamaytiriladi.

Qarorga muvofiq, 2021–2022 yillarda respublika hududlarida:

  • qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaxiradagi yerlarda;
  • oʻrmon fondining jami 1 327 gektar togʻoldi va adir yerlarida yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa mebelbop daraxt turlari ekiladi.

Mazkur plantatsiyalarni tashkil etish uchun jami 2 783,6 ming dona koʻchat yetishtirish nazarda tutilgan.  

2021 yil 10 martdan boshlab mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchilarga zarur koʻchat ekish materiallari shartnoma asosida yetkazib beriladi.

Asosiy mavzular