17:52 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Iqtisod
Havola olish
64420

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi respublikaga Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonida yordam beradi.

Janubiy Koreyaning tashqi savdo masalalari boʻyicha ekspertlari va mutaxassislari shunday fikrdalar.

"YEOII qoshida kuzatuvchi maqomini olish JST doirasida tarif siyosati boʻyicha sheriklar bilan muzokaralarni uygʻunlashtirish zarurligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston uchun maqbul qadamdir", - deydi Janubiy Koreyaning Lee & Ko yuridik firmasi mutaxassisi Nani Xo.

Nani Xo xonimning soʻzlariga koʻra, respublika hukumati avvalo tashqi savdoning umumiy rejimini kengaytirishga, keyinchalik - mintaqaviy integrallashuv jarayonlariga eʼtibor qaratishlari kerak.

Oʻz navbatida, KIEP ilmiy xodimi Su-Dong Kim "agar mamlakat MDH singari, Yevropa va Osiyo davlatlariga oziq-ovqat yoki qishloq xoʻjaligi xom ashyosi eksportini kengaytirsa JSTga kirishda muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori boʻlishini" taʼqidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekistonga nafaqat raqobatbardoshlik, balki mahsulot sifatini oshirishda ham yordam beradi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.

2019 yilning yozida mamlakat hukumati JSTga Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.

Oʻzbekiston tashkilotga aʼzo boʻlishda iqtisodi rivojlanayotan mamlakat imtiyozlarini olish niyatida.

Asosiy mavzular