O‘zbekiston va OIIB 2,1 mlrd dollarlik yangi loyihalarni rivojlantirishni jadallashtiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) 2,1 mlrd dollarlik yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) 2,1 mlrd dollarlik yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
ABII (Aziatskiy bank infrastrukturnix investitsiy) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2020
OIIB pandemiya tufayli O‘zbekistonga favqulodda qo‘shimcha mablag‘ ajratadi
Mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Litsun bilan onlayn muzokaralar o‘tkazgan. Unda qo‘shma loyihalarning bugungi holati, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilingan.
“Infratuzilmaviy qurilish, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda umumiy qiymati 2,1 mlrd dollarlik yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda eksport qiluvchi tadbirkorlar hamda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholi bandligini oshirish va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va dasturlarni moliyalashtirish uchun bankdan qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida umumiy qiymati 930 mln dollardan ko‘proq bo‘lgan amaldagi va ishlab chiqilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Buxoro viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bosqichiga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0